Qozoğistonda yarim yalanğoç erkak derazani sindirib, maktabga bostirib kirdi

Qozoğistonda yarim yalanğoç erkak derazani sindirib, maktabga bostirib kirdi
  • 13
  • 12.11.2026 12:20:00
  • 1 мин оқу

Qozoğistonning Qaskelen şahrida yarim yalanğoç erkak maktabga bostirib kirdi. Hodisa 11-noyabr kuni darslar orasidagi tanaffus vaqtida sodir bölgan.

Erkak avval maktab hovlisida yugurgan, söng sinfxona derazasini sindirib, öquvçilar bölgan xonaga sakrab kirgan. Maktab öqituvçilari erkakni uşlab, politsiya va tez yordam xizmatlariga xabar bergan. Politsiya uni qölga olib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçining ruhiy holati ham tergov doirasida tekşiriladi. Hodisa oqibatida öquvçilar va öqituvçilardan heç kim jabrlanmagan. Bolalarga psixologik yordam körsatilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News