
- 7
- 12.11.2026 16:40:00
- 1 мин оқу
Qozoğiston poytaxti Ostonadagi “Atlant-6” turar joy majmuasi yaqinidan dollar kupyuralari solingan çamadonlar topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda pullar turar joy binosining derazasidan uloqtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Voqea fonida Qozoğistonning ikki yirik davlat taşkiloti rahbari qölga olingani ma’lum böldi. Milliy xavfsizlik qömitasi “Samruk-Qazina” jamğarmasi rahbari Nurlan Jakupov va “Qazaqstan temir joli” kompaniyasi rahbari Yeljas Otynşiyev 11-noyabr kuni korrupsiyaga oid iş doirasida hibsga olinganini tasdiqladi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, ular juda katta miqdorda pora olişga urinişda gumonlanmoqda.
Hozirda tergov davom etmoqda. Çamadonlardan topilgan pullarning qölga olişlar bilan boğliqligi va ularning kimga tegişli ekani hozirça aniqlanmagan.