
- 3
- 12.11.2026 17:00:00
- 1 мин оқу
2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştirilgan. Buning uçun bepul tayyorlov guruhlari taşkil etilib, ularni zarur pedagoglar bilan ta’minlaş çoralari köriladi.
Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi farmoniga köra, 2026-yil dekabrgaça hududlarda tayyorlov guruhlariga bölgan ehtiyoj örganilib, qança pedagog va jihoz kerakligi aniqlanadi. 2027–2028-yillarda uşbu guruhlar uçun ajratilgan xonalar mebel va boşqa zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Şuningdek, 2026-yildan boşlab har yili kamida 100 ta boğça quriş yoki rekonstruksiya qiliş belgilangan. Osiyo taraqqiyot banki kömagida Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida davlat-xususiy şeriklik asosida yana 500 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti taşkil etiladi.
Xususiy boğçalarni rivojlantiriş uçun ularga yer ajratiş va imtiyozli kreditlar beriş tartibi işlab çiqiladi. Bu böyiça me’yoriy hujjat 2027-yil aprelgaça tayyorlanişi kerak.
Bundan taşqari, nodavlat boğçalar tarbiyaçilari uçun “Tarbiyaçi” platformasi yaratiladi. Unda videodarslar, uslubiy qöllanmalar va testlar joylaştiriladi. Boğçalarga ajratiladigan davlat subsidiyalari miqdori esa ta’lim sifatiga ham boğlanadi.