“Demokrat.uz” rahbari va bloger tovlamaçilik işi böyiça 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

“Demokrat.uz” rahbari va bloger tovlamaçilik işi böyiça 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
  • 7
  • 12.11.2026 12:01:00
  • 1 мин оқу

“Demokrat.uz” internet naşri rahbari Fazliddinxon Mehmonov 10 yil 3 oyga, bloger Aziz Ğoipnazarov esa 10 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Sud hukmi 11-noyabr kuni e’lon qilingan. Mehmonov tovlamaçilik, firibgarlik va noqonuniy qurol muomalasida, Ğoipnazarov esa tovlamaçilikda aybdor deb topilgan. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaydi.

Tergov ma’lumotlariga köra, Ğoipnazarov Sergeli tumanidagi avtosalon faoliyatini obrösizlantiruvçi videoni internetga joylagan. Şundan söng Mehmonov uşbu videoni öçiriş va tadbirkor haqidagi boşqa videoni e’lon qilmaslik evaziga undan 50 ming dollar talab qilgan.

Sud qaroriga köra, Mehmonovdan jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar ham undiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News