
- 6
- 12.11.2026 17:26:00
- 1 мин оқу
Özbekistondagi uçta yirik oliy ta’lim muassasasi rektori lavozimidan ozod etildi. Bular — Toşkent kimyo-texnologiya instituti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat çet tillari instituti rahbarlari.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov 9-noyabr kuni öz xohişiga köra ariza yozib, lavozimini tark etdi. Hozirda uning vazifasini Toyir Safarov bajarib turibdi.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov ham lavozimidan ketdi. Uning örniga Muhammad Çutpölatov rektor vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
Şuningdek, Samarqand davlat çet tillari instituti rektori Bahodir Xoliqov ham işdan ketdi. Hozirda uning vazifasini Umid Jumanazarov vaqtinça bajarib turibdi.
Eslatib ötamiz, 6-noyabr kuni ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov bir neçta rektor işdan olingani haqidagi xabarlarni rad etgan edi. U öşanda heç bir rektor işdan olinmaganini, faqat tört nafar rahbar qattiq ogohlantirilganini aytgandi.
Manba: Daryo.uz