
- 5
- 02.11.2026 14:06:00
- 2 min read
29-oktabr kuni Toşkentdagi Hilton mehmonxonasida Turkiya Respublikasi taşkil topganining 103 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Unda diplomatik korpus vakillari, davlat va jamoat arboblari, OAV vakillari hamda taklif etilgan mehmonlar iştirok etdi.
Tadbirda Turkiyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Ufuk Ulutaş sözga çiqib, ikki qardoş xalq örtasidagi döstlik va hamkorlik munosabatlarini alohida ta’kidladi.
Elçi Ufuk Ulutaş CASIA.UZ muxbirining Özbekiston – Turkiya munosabatlarining bugungi bosqiçini qanday ta’riflagan bölardingiz, degan savoliga ikki davlat örtasidagi aloqalar köpçilik tasavvur qilganidan ham kuçli deya javob berdi.
“Bir neça yil avval Özbekiston va Turkiya munosabatlari haqida gapirilganda, bu aloqalarda ulkan salohiyat borligi ta’kidlanardi. Biroq öşa paytda hali röyobga çiqmagan imkoniyatlar haqida söz yuritilayotgan edi. Sönggi, ayniqsa, yetti-sakkiz yil davomida, Şavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirişişi bilan boşlangan jarayon ikki davlat munosabatlarining yanada yaqinlaşişiga zamin yaratdi. Sönggi qariyb ön yil içida mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalar strategik şeriklik darajasiga kötarilganining guvohi böldik.
Bu strategik şeriklik faqat nom yoki qoğozdagi tuşunça emas. Buning yaqqol misollarini körib turibmiz. Özaro savdo hajmi ortmoqda. ta’lim, soğliqni saqlaş, savdo va iqtisodiyot kabi barça sohalarda hamkorligimiz rivojlanmoqda.
Agar munosabatlarimizdagi bir jihatni alohida ta’kidlaş kerak bölsa, menimça, ikki davlat örtasidagi aloqalar köpçilik tasavvur qilganidan ham kuçli. Hatto biz bilganimizdan-da mustahkam, deb ayta olaman. Ikki davlat prezidentlari örtasidagi munosabatlar çinakam birodarlik riştalariga asoslangan. Bu esa, tabiiyki, mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarda ham öz aksini topmoqda” deya ta’kidladi elçi Ufuk Ulutaş.
Renesus hammuassisi Özgür Kufacı CASIA.UZ muxbirining Turkiya Respublikasining 103 yilligi siz uçun qanday ma’noga ega va bu tarixdan bugungi avlod qanday xulosa çiqarişi kerak, degan savoliga “Respublikamizning 103 yilligi mustaqilligimiz va muştarak kelajagimiz ramzidir. Yoşlarimiz çiqarişi kerak bölgan eng muhim xulosa — ilm-fan va ta’limni bebaho meros deb biliş, umumiy birlik ruhida harakat qiliş hamda respublikamizni yanada yuksak taraqqiyot bosqiçiga olib çiqişdir” deya javob berdi.
Fursatdan foydalanib, Özgüven kompaniyasi hammuassisi Özgür Onur Özgüven barçani bayram bilan tabrikladi.
“Bugun respublikamiz taşkil topganining 103 yilligini nişonladik. Uşbu sanani Toşkent şahrida bayram qiliş imkoniyatiga ega bölayotganimizdan çin dildan xursandmiz.
Bugungi bayram juda kötarinki ruhda va ajoyib ötdi. Bu yerdagi vatandoşlarimiz, şuningdek, özbek xalqining samimiy tabriklarini qabul qilib, barçaga öz minnatdorligimni bildiraman. Respublikamizning 103 yilligi muborak bölsin!” deya öz tilaklarini bildirdi.
Tadbirda Özbekiston hukumati tomonidan Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov qatnaşdi.