
- 5
- 02.11.2026 12:19:00
- 15 min read
Inson özligini anglaşga intilar ekan, beixtiyor ötmişga — ajdodlari bosib ötgan yölga, ular yaşagan zaminlarga va avloddan-avlodga ötib kelayotgan tarixiy xotiraga murojaat qiladi. Zero, har bir insonning bugungi kimligida uning oilasi, nasl-nasabi va uzoq ötmişdan meros bölib kelayotgan qadriyatlarning öziga xos izi bor.
Ozarbayjonlik tarixçi va jurnalist Namiq Muradovning uşbu maqolasi ham ana şunday izlanişlar mahsuli. Muallif öz oilasining kelib çiqişi, şajarasi va tarixiy ildizlarini tadqiq etiş orqali ularni Amir Temur davri va kengroq turkiy tarix bilan boğlaşga urinadi. Bu izlanişlar davomida u genealogik ma’lumotlar bilan bir qatorda zamonaviy DNK tahlili natijalariga ham murojaat qilgan.
Ayniqsa, genetik tahlil natijalarida Örta Şarq mintaqasiga mansub komponentning yuqori uluşda qayd etilgani muallifni öz ajdodlari geografiyasi va tarixiy migratsiya yöllari haqida çuqurroq muşohada yuritişga undagan.
Biz uçun uşbu maqolaning qadrli jihati ham faqat muallifning şaxsiy kelib çiqişini aniqlaşga bölgan urinişida emas. Unda turkiy xalqlar tarixi, ularning umumiy ildizlari, tarixiy hududlari va asrlar davomida şakllangan madaniy aloqalari haqida fikr yuritiş uçun ham imkoniyat mavjud.
CASIA.UZ öquvçilar e’tiboriga havola etilayotgan uşbu maqola ajdodlar tarixiga qiziqadigan, öz şajarasini örganişga intiladigan va turkiy dunyoning muştarak ötmişi haqida muşohada yuritadigan kitobxonlar uçun qiziqarli bölişiga işonamiz.
Sardor Abduğaniyev CASIA.UZ boş muharriri
1. QORA TATARLAR IZIDAN
Qafaning Qatar qişloğidan boşlangan bir oilaning tarixi va ötmiş sarhadlariga sayohat
Amakining sözlari, bolaning orzulari
Ba’zi jumlalar ularni aytgan insondan ham uzoqroq yaşaydi. Ovoz allaqaçon tinişi mumkin, ammo söz qoladi; yillar ötişi bilan xotirada toşdek qotadi, keyin esa öşa toş ostidan bir yöl oçiladi.
Mening yölim ham ana şunday bir jumladan boşlangan. Marhum amakim Eyvazxon bobokalonimiz haqida gapirganida, göyo ötmiş eşigini oçar, oilamiz tarixining ustidan parda tortilgan bir sahifasiga daxl qilardi. U har safar bir xil sirli sözlarni takrorlardi:
— Bizning bobokalonimizni şunday dafn etişganki, uning qabrini heç kim topa olmasin...
Men hali bola edim. Tarix men uçun kitoblarning sarğaygan sahifalarida yaşaydigan olis bir olam edi. Bu sözlar ortida qanday voqea, qanday taqdir yaşiringanini bilmasdim. Ammo xayolimda boşqa bir tarix şakllanardi. Göyo qabri yaşirilgan öşa inson oddiy hayot keçirmagan; uning taqdiri öz davridagi voqealarga çambarças boğlangan, nomi va xotirasi zamonning qattiq sinovlaridan ötgan edi.
U kim bölgan? Qanday voqealarni boşidan keçirgan? Nima uçun uning qabrini yaşirişga töğri kelgan — xavf-xatardan himoya qiliş uçunmi yoki oilamiz xotirasida vaqt ötişi bilan sirga aylangan boşqa bir sabab bormi?
Har bir savol ortidan yangi savol tuğilar, javobsiz qolgan har bir sir bobokalonimning siymosini xayolimda yanada uluğlaştirardi.
Yillar ötdi. Bolalik orzulari tarixga qiziqişga, qiziqiş esa jiddiy savollarga aylandi. Angladimki, bobokalonim izlarini faqat noma’lum qabr siridan izlaşning özi kamlik qiladi. Inson öz davridan ayri holda mavjud bölmaydi; u yaşagan zamin, mansub bölgan avlod va taqdiriga ta’sir körsatgan tarixiy şaroitning bir bölagidir.
Şuning uçun bobokalonim haqida eşitgan har bir söz meni nafaqat uning şaxsiy taqdiriga, balki oilamizning ildizlariga, Qafaning ötmişiga, bu zaminda avlodlar davomida keçgan voqealarga etaklardi.
Bir kuni angladimki, har bir insonning nomi tarix kitoblariga kiritilavermaydi. Ba’zan bir avlodning ötmişi rasmiy hujjatlarda emas, balki keksalar xotirasida, oilaviy suhbatlarda, unutilmaydigan bir jumlada yaşaydi.
Bunday xotira ötmişga oçilgan ilk derazadir. Ammo öşa derazadan körinayotgan manzarani aniq anglaş uçun xotirada saqlangan ma’lumotlarni tarixiy dalillar bilan soliştiriş, ismlar, joylar va voqealar izidan boriş kerak edi.
Izlanişlarim boşida na tayyor javob, na isbotlangan xulosa bor edi. Faqat avloddan-avlodga ötib kelgan bir söz va öşa söz uyğotgan ulkan qiziqiş mavjud edi.
Nihoyat, qaror qildim: bu sir izidan boraman. Oilamiz tarixiga oid saqlanib qolgan ma’lumotlarni töplayman, ötmiş sukutida yöqolib ketgan izlarni tarixiy manbalar yordamida izlayman.
Yölning oxirida barça savollarga javob topilişiga kafolat yöqligini bilardim. Ammo haqiqat sari taşlangan har bir qadam meni bobokalonim yaşagan davrga, oilamizning ildizlariga va mansub bölgan yurtimiz tarixiga yanada yaqinlaştirişiga işonardim.
Qatardan Haçatigaça: yöqotilgan bir olam xotirasi
Men Ğarbiy Ozarbayjondanman. Nasl-nasabimiz Zangezur viloyatining Qafan tumaniga, oilamiz tarixi esa Qatar qişloğiga boğliq.
Qatar men uçun şunçaki qişloq nomi emas. U — ona yurt xotirasi, bobokalonlarimiz bosgan izlar, yöqotilgan bir olamga bölgan soğinçdir.
Oilamizda aytilişiça, Qatar qişloği arman daşnoqlarining hujumlari oqibatida vayron qilinganidan söng, bobokalonimiz Amir Sayyod oilasi bilan birga Qafanning Haçati qişloğida panoh topgan.

Bobokalonim Amir Sayyod
Bu voqeaning aniq sanasi va tafsilotlarini belgilaş uçun qöşimça hujjatlar zarur. Ammo uşbu rivoyat oilamizning köçiş, yöqotiş va ona yurt soğinçi bilan boğliq xotirasining ajralmas bir qismidir.
Ali bobom tarixni juda yaxşi körardi. U nasabimiz, bobokalonlarimiz va Qafanning ötmişi haqida köp gapirar, bizga tez-tez “qora turkman”, “qora tatar” deb ta’kidlardi.
Bolaligimda menga ğalati tuyulgan bu sözlar keyinçalik yangi savollarga aylandi: bu nomlar qanday tarixiy xotiradan kelib çiqqan? Oilamiz ötmişi bilan qanday aloqasi bor? Ular bobokalonimizning taqdirini anglaşga yordam bera oladimi?
“Qora tatar” atamasining tarixiy izlari
Ali bobomning tilidan eşitgan “qora turkman” va “qora tatar” sözlari yillar davomida xotiramning bir burçagida saqlanib qoldi.
Bolaligimda oddiy murojaatdek tuyulgan bu iboralar vaqt ötişi bilan ma’nosini anglaşni istagan tarixiy işoralarga aylandi.
Qiziği, bobom bu sözlarni qaerdan eşitgan edi? Ular oilamiz ötmişidan qolgan xotira edimi yoki asrlar sinovidan ötib, avlodlar tilida yaşab kelayotgan qadimiyroq xotiraning izimi?
Bu savollar meni tarixiy manbalarga yönaltirdi.
Angladimki, “tatar” nomi Yevrosiyo tarixida juda qadimiy ildizlarga ega. VIII asrga oid Örxun bitiklarida “Öttiz tatar” nomi tilga olingan. Keyingi asrlarda bu nomning qöllaniş doirasi kengayib, turli siyosiy va etnografik şaroitlarda har xil qabila birlaşmalari hamda xalqlarni ifodalaş uçun işlatilgan.
Möğullar imperiyasi davrida esa bir qator xorijiy manbalarda “tatar” nomi möğullar va ular hukmronligi ostidagi siyosiy birlaşmalar bilan boğliq holda qöllanilgan.
Bu manzara menga muhim bir haqiqatni anglatdi: bir nom asrlar davomida yaşaşi mumkin, ammo uning ma’nosi har bir davrda bir xil bölib qolmaydi.
“Qora tatar” iborasi esa alohida qiziqiş uyğotadi. “Qora tatarlar” haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, XIV asr oxiri — XV asr boşlarida, Amir Temur yurişlari davrida diqqatni tortadi.
Öşa davr manbalari va keyingi tadqiqotlarda Anadöli hududida yaşagan, möğul kelib çiqişi bilan boğlanadigan ayrim guruhlar taqdiri, ularning bir qismi Örta Osiyoga köçirilgani haqida ma’lumotlar uçraydi.
Demak, örta asrlarda qabila nomi nafaqat mansublikni, balki hokimiyat, harbiy yurişlar va majburiy köçişlar izini ham özida saqlagan.
Xöş, asrlar naryoğidan bizga qarab turgan “Qora tatar” nomi bilan Ali bobomning tilidan eşitgan “qora tatar” sözi örtasida qandaydir boğliqlik bormi?
Ehtimol, bu söz avloddan-avlodga ötib kelgan qadimiy qabila xotirasining qoldiğidir. Balki zamon özgartirgan bir nom oila tilida özining qadimiy talaffuzini saqlab qolgandir. Yoki “qora tatar” oilamizda mahalliy, mutlaqo boşqa ma’noga ega bölgan murojaat şakli bölgandir.
Men uçun bu izlanişning ma’naviy tomoni ham bor.
Ali bobomning yillar avval aytgan sözlari meni Örxun bitiklaridan Temuriylar davri manbalariga, u erdan esa yana Qafan va Qatar qişloği xotirasiga qaytarmoqda.
Buyuk tarix sahifalarida uçratgan nom bilan oila öçoğida eşitgan sözim örtasida hali isbotlanmagan bir masofa bor. Men bu masofani xayol bilan emas, manbalar va dalillar yordamida bosib ötişni istayman.
Çunki ba’zan bir söz inson umridan ham uzoq yaşaydi. Davlatlar özgaradi, qabilalar köçadi, nomlar yangi ma’nolar kasb etadi, ammo oila xotirasida saqlangan bir ibora zamonlar oşa bugungi kungaça etib keladi.
Men “qora tatar” sözining ortida tayyor javobni emas, balki örganilişi lozim bölgan tarixni köraman.
Amir Sayyod nomi va oldimda paydo bölgan savollar
Ba’zan inson xotirasida bir ovoz yillar davomida yaşaydi. Vaqt ötadi, bolalik ortda qoladi, yaqinlarimizning ayrimlari endi oramizda bölmaydi, ammo ular aytgan bir jumla bizni ötmiş bilan boğlab turuvçi körinmas köprikka aylanadi.
Men uçun ana şu ovoz Eyvazxon amakimning ovozidir.
Qani endi, u kişi hayot bölganida! Qani endi, bugun uning qarşisida ötirib, bobokalonimiz haqida bilganlarini yana bir bor öz oğzidan eşitsam, öşa paytda xayolimga kelmagan savollarni bera olsam!
Ehtimol, xotirasida saqlangan biror tafsilot bugun izlayotgan savollarimdan biriga javob bölardi. Ammo vaqt ortga qaytmaydi. Amakim endi yöq. Uning ovozi esa xotiramda yaşab, meni oilamiz ötmişi sari çorlaydi.
Öşa sirli jumlani eslaganimda, xayolim beixtiyor bobokalonimizning nomi — Amir Sayyodga yönaladi.
Amakimning sözlari bilan bu nom örtasida ötmişga çözilgan bir boğliqlik bor. Uning tarixiy mohiyatini hozirça bilmayman. Ammo aynan şu noma’lumlik meni izlanişga undaydi.
“Amir” sözi e’tiborimni ayniqsa öziga tortadi. Tarixning turli davrlarida bu söz hukmdorlar, harbiy rahbarlar va nufuzli şaxslarning unvoni yoki murojaat şakli sifatida işlatilgan.
Amir Temur bu unvonning tarixdagi eng maşhur sohiblaridan biridir.
Biroq oldimda muhim savol paydo böladi: bobokalonimizning ismidagi “Amir” sözi u yaşagan davrda egallagan unvoni bölganmi yoki ismining ajralmas qismi sifatida avloddan-avlodga ötib kelganmi?
Bu savol meni yanada kengroq tarixiy manzaraga — Örta Osiyodan Kavkazgaça çözilgan siyosiy va etnik jarayonlarga yönaltiradi.
1370 yilda Movarounnahrda öz hokimiyatini mustahkamlagan Amir Temurning keyingi harbiy yurişlari mintaqaning siyosiy hayotiga, qabila birlaşmalarining harakatiga va bir qator hududlar taqdiriga ta’sir körsatdi.
Bu voqealarga nazar taşlaş Qafan va butun Zangezur ötmişini kengroq tarixiy kontekstda köriş imkonini beradi.
Bu masala men uçun yana bir jihatdan muhim. Çunki Ali bobom bu haqda oçiq gapirardi. U bobokalonlarimiz Amir Temur bilan birga jang qilganini, uning qöşinida oldingi saflarda yuradigan sarkardalardan bölganini aytardi.
Bu — oilamiz oğzaki xotirasida saqlanib kelayotgan ma’lumotdir.
Uşbu izlanişda Eyvazxon amakimning xotiralari, Ali bobomning nasabimiz haqida aytganlari va Amir Sayyod nomi bir-birini töldiruvçi xotira parçalaridir.
Ularning har biri oilamiz ötmişiga boşqa bir tomondan yoruğlik tuşiradi. Ammo rivoyat bilan hujjatlar orqali tasdiqlangan tarixiy fakt örtasidagi çegarani unutmaslik kerak.
Ehtimol, bir kun kelib arxiv hujjatlari, tarixiy solnomalar yoki boşqa işonçli manbalar bu sirning ayrim jihatlarini oydinlaştirar.
Ehtimol, ba’zi savollar abadiy javobsiz qolar.
Şunday bölsa-da, izlanişdan voz keçişni istamayman. Çunki bu faqat bir ajdodimizning kimligini biliş masalasi emas. Bu — oilamiz tarixini asraş, ötmişimizni anglaş va kelajak avlodlarga haqiqatga asoslangan tarixiy meros qoldiriş istagidir.
Ba’zan insonning özi bu dunyodan köz yumadi, ammo u aytgan bir jumla avlodlar xotirasida yöl körsatuvçi çiroqqa aylanadi.
Eyvazxon amakimning sözlari men uçun ana şunday nurdir.
Nomlar xaritasi: möğul yurişlaridan Temurgaça
Qafan ötmişini örganganim sari oilamiz tarixining izlarini faqat şajara va yaqinlarimiz xotiralaridan izlaşning özi kamligini angladim.
Qafan va Zangezur tarixi kengroq siyosiy, etnik va madaniy jarayonlarning bir qismidir.
Şu tariqa e’tiborim örta asr manbalarida uçraydigan jaloyir, sulduz, barlos, oyrot va nayman nomlariga qaratildi.
Ularning har biri meni Yevrosiyoning murakkab tarixiga olib borar, şu bilan birga oilamiz xotirasida saqlangan “qora turkman” va “qora tatar” iboralari haqida yangi savollarni tuğdirardi.
Bu tarixiy manzara XIII asr boşlaridagi möğul yurişlari bilan boşlanadi.
1220–1223 yillarda möğul qöşinlarining Ozarbayjon va Janubiy Kavkaz yönalişidagi yurişlari mintaqaning siyosiy va iqtisodiy hayotiga oğir zarba berdi.
1253 yilda Hulagu xon ğarbga yuriş boşladi, 1256 yilda Hulagular davlatiga asos solindi, 1258 yil fevral oyida esa möğul qöşinlari Bağdodni egalladi.
Ozarbayjon yangi davlatning asosiy siyosiy markazlaridan biriga aylandi. Maroğa va Tabriz boşqaruv hamda madaniy hayotda muhim örin tutdi.
Turli qabila va uruğ vakillari davlatning harbiy va ma’muriy tuzilmalarida iştirok etar, siyosiy ittifoqlar özgarişi bilan ularning mavqei ham özgarib borardi.
Örta asrlardagi Ozarbayjon nafaqat mahalliy hukmdorlar, balki butun Evrosiyo hududida yuz berayotgan özgarişlar ta’sirida ham yaşardi.
XIV asrda hokimiyat uçun kuraş yangi bosqiçga kötarildi.
1335 yilda Abu Said vafotidan keyin Hulagular davlati parçalana boşladi. Mintaqada jaloyirlar, çöboniylar va boşqa siyosiy kuçlar oldingi öringa çiqdi.
Sulton Uvays hukmronligi yillarida (1356–1374) jaloyirlarning nufuzi oşdi. 1359 yilda ular Ozarbayjon ustidan öz hokimiyatini mustahkamladilar.
Biroq 1385 yildan boşlab Amir Temurning yurişlari jaloyirlar hukmronligiga jiddiy bosim ötkazdi.
Sulduz va barlos nomlari ham uşbu tarixiy manzarada e’tiborga loyiq örin tutadi.
Sulduz nomi möğullar davridagi qabila va harbiy-siyosiy muhitda, barlos nomi esa, ayniqsa, XIV asrda Markaziy Osiyoning siyosiy tarixida ma’lum bölgan.
Çöboniylar sulolasining özi ham sulduz qabilasiga mansub möğul oilasidan kelib çiqqan.
Barlos qabilasidan bölgan Amir Temur 1370 yilda hokimiyat tepasiga keldi. Uning 1405 yilgaça davom etgan hukmronligi Markaziy Osiyodan Eron va Kavkazgaça bölgan ulkan hudud taqdiriga ta’sir körsatdi.
Bu nomlar haqida öylar ekanman, Ali bobomning “qora turkman” va “qora tatar” degan sözlari yana yodimga tuşardi.
Bolaligimda oila ötmişidan qolgan sözlardek tuyulgan bu iboralar endi tarixiy manbalarda uçraydigan nomlar bilan qiyoslaş uçun yangi yönaliş oçardi.
Bobom işlatgan bu sözlar oilamiz xotirasida qanday tarixiy tajribaning izi sifatida saqlanib qolgan?
Çingizxonning dafni va bobokalonimizning siri
Amakim aytgan sözlarning eng sirli qatlami hali oldinda edi.
Eyvazxon amakim bobokalonimizning qabri haqida gapirganda bu bilan çeklanmasdi. U Çingizxonning dafni haqida ham sözlar, uşbu dafn bilan boğliq rivoyatni bobokalonimizning taqdiri bilan boğlardi.
Şuningdek, u bizning avlodimiz Hulagular davridan boşlab bu hududlarda yaşab kelganini aytardi.
Bolaligimda bu sözlarning tarixiy mohiyatini anglamasdim. Çingizxon xayolimda ulkan imperiya barpo etgan, nomi asrlar davomida saqlanib qolgan qudratli hukmdor edi.
Hulagular haqida esa keyinçalik ma’lumot oldim.
Amakimning aytganlari menga oilaviy hikoya, ötmişning çuqur qatlamlaridan kelayotgan sirli xabarday tuyulardi.
Endi tuşunaman: u menga faqat bobokalonimizning qabri haqida gapirmagan ekan. U oilamizning kelib çiqişi va tarixiy ötmişi haqidagi tasavvurni ham avloddan-avlodga etkazayotgan ekan.
Söramoqçi bölgan savollarim qançalar köp edi!
Çingizxonning dafni haqidagi bu ma’lumotlarni qaerdan eşitgan edi? Bobokalonimiz bilan uşbu voqea örtasida qanday boğliqlikni körgan? Hulagular davridan beri bu erlarda yaşab kelganimizni aytganda, qaysi avlod xotirasiga tayangan?
Afsuski, bu savollarni unga beriş endi imkonsiz.
Menga uning ovozi, sözlari va öşa sözlar tuğdirgan savollar qoldi.
Rivoyatni örganişni boşlaganimda, e’tiborimni Çingizxon hayotining sönggi davriga qaratdim.
Tarixiy manbalarga köra, u 1227 yilda vafot etgan. Dafn etilgan joyi esa bugungi kungaça işonçli tarzda aniqlanmagan.
Uning qabri sir saqlangani haqida turli rivoyatlar mavjud, ammo ularning tafsilotlari tasdiqlangan tarixiy fakt hisoblanmaydi.
Aynan şu noma’lumlik amakim aytgan sözlarni yanada öylantiruvçi qiladi. Oilaviy rivoyat bilan Çingizxon qabri haqidagi ma’lumotlar örtasida muayyan öxşaşlik bor.
Xöş, oilamizning Hulagular davridan boşlab Qafan yoki uning atrofidagi hududlarda yaşagani haqidagi ma’lumot qanday xotiraga asoslanadi?
Bu avloddan-avlodga ötib kelgan oğzaki ma’lumotmi yoki uning ortida hali aniqlanmagan yozma manbalar ham bormi?
Hozirça qat’iy javob yöq.
Ammo uşbu rivoyat oilamiz tarixini XIII–XIV asrlardagi siyosiy va demografik jarayonlar nuqtai nazaridan örganiş uçun menga muayyan yönaliş bermoqda.
Amakim Eyvazxon endi hayot emas. Ammo uning Çingizxon dafni, bobokalonimizning sirli qabri va Hulagular davridan boşlangan oilaviy ötmişimiz haqida aytganlari xotiramda yaşaydi.
Çunki ba’zan bir avlodning ötmişi dastlab bir insonning ovozida yaşaydi, keyin esa öşa ovoz izidan borgan boşqa bir avlodning izlanişiga aylanadi.
Qafandan Örta Osiyoga, Möğuliston va Xitoyga
Tarixga qiziqişim çuqurlaşgan sari izlanişlarim geografiyasi ham kengaydi.
Oilamiz tarixida saqlangan rivoyatlar izidan borib, e’tiborimni nafaqat Qafan va Zangezur ötmişiga, balki Örta Osiyo, Möğuliston va Xitoyning tarixiy-madaniy merosiga ham qaratdim.
Qozoğiston va Özbekistonda yaşovçi turkiy xalqlar, Rossiya tarkibida istiqomat qiluvçi qalmiqlar, buryatlar va tuvalar, şuningdek, Möğuliston va Xitoyda yaşovçi xalqlar tarixi bilan qiziqişga, bu sohada tadqiqot olib borayotgan insonlar bilan aloqa örnatişga kirişdim.

Maqola muallifi: Namiq Muradov
Faqat kitoblar va yozma manbalar bilan çeklanib qolişni istamadim.
Borgan mamlakatlarimda Möğullar imperiyasi va Amir Temur davlati tarixining izlarini izlar, mahalliy tarixçilar bilan suhbatlaşar, xalqlarning öz ötmişi haqida saqlab kelayotgan xotiralarini tinglardim.
Bu uçraşuvlar tarixga turli nuqtai nazarlardan yondaşişga, yozma manbalar bilan oğzaki xotira örtasidagi ehtimoliy boğliqliklarni körişga va yangi tadqiqot savollarini qöyişga imkon berardi.
Bu safarlar men uçun şunçaki yangi joylarni köriş emas edi.
Asrlar davomida buyuk davlatlar va imperiyalar ta’sirida şakllangan muhitni, xalqlarning köçiş yöllarini, madaniy aloqalarini, til va folklor xususiyatlarini yaqindan anglaşga harakat qilardim.
Möğullar imperiyasining keng hududlarda yaratgan siyosiy aloqalari, Hulagular davlatining Ozarbayjon va Yaqin Şarq tarixidagi örni, Amir Temur yurişlarining turli mintaqalarga ta’siri tadqiqotlarimning asosiy yönalişlariga aylandi.
Evrosiyoning keng hududlarida asrlar davomida qabilalar köçgan, davlatlar paydo bölgan va yöqolgan, insonlar turli siyosiy birlaşmalar tarkibida yaşagan.
Bu jarayonlar til, folklor, toponimlar va madaniy an’analarda öz izini qoldirgan.
Biroq madaniy öxşaşlik har doim ham bir xil kelib çiqişni anglatmaydi.
Şuning uçun oilaviy tarixni, oğzaki rivoyatlarni, tarixiy manbalarni, tilşunoslik va etnografiya materiallarini bir-biri bilan taqqoslayman.
Har bir ehtimolni dalillar bilan tekşiriş, har bir xulosani mavjud isbotlar imkoni bergan doirada ifodalaş — mening asosiy tamoyilimdir.
Amir Temurning Xitoyga yurişi ham e’tiborimni tortgan mavzulardan biri böldi.
Tarixiy ma’lumotlarga köra, Temur 1404 yil oxirlarida Xitoy tomon yuriş boşlagan, ammo 1405 yil fevral oyida Ötrorda vafot etgani sababli uşbu safarini oxiriga etkaza olmagan.
Yakunlanmay qolgan bu yuriş menga yana bir bor şuni körsatdiki, buyuk tarixiy şaxslarning faoliyati nafaqat öz davrida, balki keyingi asrlarning siyosiy va madaniy xotirasida ham iz qoldiradi.
Oilam bobokalonlarining öşa davr harbiy voqealari bilan ehtimoliy aloqasi haqida ham öylaganman.
Ammo maqsadim oilaviy rivoyatlarni tayyor xulosa sifatida taqdim etiş emas, balki ular ortida qanday haqiqat yaşiringan bölişi mumkinligini izlaşdir.
Bu safarlar va uçraşuvlar katta tadqiqot yölining faqat boşlanişidir.
Örta Osiyo, Möğuliston va Xitoyda körgan tarixiy izlarim, mahalliy tarixçilar bilan suhbatlarim va töplagan ma’lumotlarim oldimga yangi savollarni qöydi.
Javoblarni topiş uçun kelgusida ham yozma manbalar, arxiv hujjatlari, şajara ma’lumotlari va qiyosiy tarixiy tadqiqotlarga murojaat qilişni rejalaştiryapman.
Ehtimol, bu izlanişlar Qafan tarixi bilan Evrosiyoning turli mintaqalari örtasida hozirgaça etarliça örganilmagan aloqalarni aniqlaşga muayyan hissa qöşar.
Oilamdan eşitgan sözlar meni uşbu yölga boşladi. Ammo bugun yölim şaxsiy xotiralar doirasidan çiqib, yanada keng sohani — Ozarbayjon va Turkiy dunyoning tarixiy-madaniy aloqalarini örganişga qarab bormoqda.
Men uçun tarix qaerdan boşlanadi?
Bugun ortga nazar taşlar ekanman, tarixga bölgan qiziqişim buyuk hukmdorlarning nomlaridan, qadimiy kitoblar sahifalaridan yoki arxiv hujjatlaridan boşlanmaganini anglayman.
Mening tarixim bir amakimning sözlaridan boşlangan.
Eyvazxon amakimning bobokalonimiz qabri haqida aytgan öşa jumlasidan...
Ali bobomning Qafan ötmişi haqidagi suhbatlaridan...
Va u tez-tez takrorlaydigan “qora turkman”, “qora tatar” iboralaridan...
Bu sözlarning har biri xotiramda bir savol uyğotdi.
Ularning javobini izlar ekanman, oilam ötmişidan Ozarbayjon va Turkiy dunyoning tarixiy yöllariga çiqdim. Bu izlaniş meni boşqa mamlakatlarga, turli xalqlarning tarixiy-madaniy merosiga, Möğullar imperiyasi va Amir Temur davlati izlariga, tarixçilar bilan suhbatlarga va yangi tadqiqot yönalişlariga olib bordi.
Qatar qişloğining nomi xotiramizda yaşaydi. Haçatiga panoh topgan bobokalonlarimizning taqdiri oilaviy hikoyamizning bir qismidir.
Men bugun ham bobokalonimizning qabri siri haqida öylayman. Çingizxonning dafni haqidagi ma’lumotlarni öqiganimda amakimning ovozini eslayman.
Örta Osiyoda, Möğulistonda va boşqa mamlakatlarda tarix izlarini izlar ekanman, bir oila tarixidan boşlangan bitta savol insonni naqadar keng geografik hududlarga va murakkab tarixiy masalalarga olib borişi mumkinligini anglayman.
Bu maqola men uçun yakuniy xulosa emas, balki uzoq izlaniş yölining boşlanişidir.
Oilaviy hikoyamizni tarixiy manbalar bilan taqqoslaş, şajaraviy aloqalarni örganiş, turli xalqlar xotirasida saqlangan ma’lumotlarni qiyoslaş va olingan natijalarni ilmiy jihatdan tekşiriş — oldimda turgan vazifalardir.
Safarim Qafanning Qatar qişloğidan, oilam tarixidan, bobokalonimizning sirli qabri haqida eşitgan sözlarimdan boşlangan.
Bugun esa uşbu safar meni Ozarbayjon tarixidan Turkiy dunyoning keng geografik hududlariga, u erdan esa Möğuliston va Xitoy bilan boğliq tarixiy tadqiqotlarga olib bormoqda.
Va bu safar hali tugamadi.
Çunki qabrning joyi unutilişi mumkin, ammo u haqda aytilgan söz yaşar ekan, tarix sari eltuvçi yöl ham yaşayveradi.
Maqola muallifi: Namiq Muradov