
- 0
- 02.11.2026 12:03:00
- 1 min read
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida minglab fuqarolar Markaziy saylov komissiyasi raisi Gyaneş Kumar isteʼfosini talab qilib, namoyişga çiqdi. Noroziliklarga saylovçilar röyxatini qayta körib çiqiş jarayonida 130 milliondan ortiq fuqaroning ismi röyxatdan çiqarilgani sabab bölgan.
1-noyabr kuni ötkazilgan namoyişga muxolifatdagi Hindiston Milliy kongressi partiyasi yetakçisi Rahul Gandi boşçilik qildi. Namoyişçilar saylovçilar röyxatidagi özgarişlar boş vazir Narendra Modi rahbarligidagi Bharatiya Janata partiyasiga (BJP) siyosiy ustunlik berişi mumkinligini taʼkidlamoqda. Ularning fikriça, röyxatni qayta körib çiqiş jarayonida köplab fuqarolar asossiz ravişda saylov huquqidan mahrum etilgan.
Hindiston Saylov komissiyasi esa röyxatni yangilaşdan maqsad takroriy yozuvlar va saylov huquqiga ega bölmagan şaxslarni çiqarib taşlaş ekanini maʼlum qilgan. Komissiya siyosiy partiyalardan biriga yon bosayotganini rad etib, röyxatdan notöğri çiqarilgan fuqarolar qayta röyxatdan ötişi mumkinligini bildirgan.
Hindiston soğliqni saqlaş vaziri Jagat Prakaş Nadda namoyişni “puxta taşkil etilgan sahna körinişi” deb, atagan.