Microsoft va Meta mutaxassislari Özbekiston bilan hamkorlik aloqalarini örnatdi

Microsoft va Meta mutaxassislari Özbekiston bilan hamkorlik aloqalarini örnatdi
  • 3
  • 02.11.2026 12:14:00
  • 1 min read

AQŞning Sietl şahrida Microsoft va Meta mutaxassislari iştirokida Özbekiston bilan sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Asosiy eʼtibor yoşlarni zamonaviy texnologiyalarga öqitiş va özbek startaplarini xalqaro bozorlarga olib çiqişga qaratildi.
30-oktabr kuni Özbekistonning Vaşington ştatidagi Boş konsulxonasida Seattle AI Week haftaligining yakuniy forumi bölib ötdi. Unda texnologiya kompaniyalari, universitetlar, investorlar va davlat idoralarining qariyb 60 nafar vakili qatnaşdi.
Forum davomida Özbekistonning raqamli rivojlaniş yönalişidagi ustuvor vazifalari, sunʼiy intellekt böyiça mutaxassislar tayyorlaş, startaplarni qöllab-quvvatlaş va texnologik infratuzilmani rivojlantiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Tadbir yakunida esa Özbekiston Boş konsulxonasi va Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda  universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, qöşma taʼlim taşabbuslari va sinov loyihalarini örganişni nazarda tutadi. Şuningdek, kiberxavfsizlik va maʼlumotlarni himoya qiliş masalalariga ham eʼtibor qaratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News