
- 13
- 02.11.2026 14:02:00
- 1 min read
Imarat Development kompaniyasi asosçisi Marat Hamdamov Toşkent şahar IIBB tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda uşlandi.
Sönggi kunlarda kompaniyaning Buyuk avlod köçasidagi ofisi oldida norozi xaridorlar muntazam yiğila boşlagan. Şundan keyin Toşkent şahar IIBB tomonidan tekşiruv ötkazilib, jinoyat işi qözğatilgan.
Xaridorlarning aytişiça, ayrim uylar Toşkent şahrining Sergeli va Yangihayot tumanlarida qurilişi va’da qilingan bölsa-da, aslida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan. Boşqa loyihalarda ham quriliş işlari sekinlaşgan yoki boşlanğiç bosqiçda qolib ketgan. Şartnomalarni bekor qilib, pullarini qaytarişga uringan mijozlarga esa kompaniya tomonidan jarima va penyalar qöllangan, tölov muddatlari keçiktirilgan hamda mablağlar qaytarilmagan.
Toşkent şahar IIBB ma’lumotiga köra, jinoyat işi doirasida M.X. va J.A. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi asosida uşlangan. Kompaniya rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192¹¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Manba: Kun.uz
#imaratdevolopment #marathayrullayevich #xalq