Sunʼiy intellekt 20 yil avval öğirlangan kartinani topişga yordam berdi

Sunʼiy intellekt 20 yil avval öğirlangan kartinani topişga yordam berdi
  • 0
  • 02.11.2026 10:49:00
  • 2 min read

Italiyada sunʼiy intellekt yordamida qariyb 20 yil avval öğirlangan XVII asrga oid kartina aniqlandi. Jinoyatçilar asarning ayrim qismlarini özgartirib, uning asl körinişini yaşirişga uringan.



Italiya politsiyasi öğirlangan sanʼat asarlarini aniqlaş uçun Swoads nomli sunʼiy intellekt tizimidan foydalangan. BBC xabariga köra, 2023-yil noyabridan buyon uşbu texnologiya yordamida 300 dan ortiq yirik kartina va haykallar, şuningdek, 165 mingdan ziyod tanga, medal va qölyozmalar qaytarilgan. Ularning umumiy qiymati 203 million yevrodan oşadi. Tizim sanʼat asarlarining ranglari va şakllarini tahlil qilib, öxşaşliklarni aniqlaydi. Hatto tasvirning ayrim qismlari özgartirilgan bölsa ham, asl asarni tanib oliş imkoniga ega.

2024-yil oktabr oyida Parma şahrida ötkazilgan qadimiy buyumlar yarmarkasida politsiya xodimlari namoyiş etilayotgan sanʼat asarlarini suratga olib, tizimga yuklagan. Şunda sunʼiy intellekt qölida örama bitik uşlab turgan yoş ayol tasvirlangan kartinaga eʼtibor qaratgan.

Tekşiruvlar natijasida uşbu asar 2004-yilda Sulmona şahridagi çerkovdan öğirlangan, XVII asrga oid Avliyo Agnes tasvirlangan kartina ekani aniqlangan. Jinoyatçilar asarning asl körinişini yaşiriş maqsadida avliyoning qölidagi qöziçoqni bitik tasviri bilan almaştirgan, boşi ustidagi nurli halqa va palma novdasini esa olib taşlagan.

Sunʼiy intellektning özi öğirlangan sanʼat asarlarini qaytara olmaydi. U faqat ularni aniqlaşga yordam beradi. Asarlarni qonuniy egalariga qaytariş tergov işlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligi orqali amalga oşiriladi. Italiya 2027-yilgaça öğirlangan sanʼat asarlarini aniqlaşga möljallangan xalqaro tizim yaratişni rejalaştirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News