Ğuzorda ayol va uning ikki farzandini yoqib öldirgan erkak umrbodga qamaldi

Ğuzorda ayol va uning ikki farzandini yoqib öldirgan erkak umrbodga qamaldi
  • 1
  • 02.11.2026 11:48:00
  • 1 min read

Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar farzandiga benzin sepib, ularni tiriklayin yoqib yuborgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Hodisa oqibatida ikki nafar bola vafot etgan.

Maʼlum qilinişiça, voqea 2026-yil 15-may kuni sodir bölgan. Sudlanuvçi S.T. ayolning xonadoniga borib, u bilan janjallaşgan. Şundan söng, u özi bilan olib kelgan beş litrli idişdagi benzinni ayol va uning voyaga yetmagan tört nafar farzandi ustiga sepib, ularga öt qöygan.

Hodisa oqibatida ayol va uning ikki nafar farzandi tirik qolgan. Biroq 6 yoşli öğli va 11 yoşli qizi oğir kuyiş jarohatlari sabab vafot etgan. Sud jarayonida jabrlanuvçi ayol ayblanuvçiga nisbatan oliy jazo tayinlaşni söragan.

Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudi hukmi bilan S.T. Jinoyat kodeksining qasddan odam öldiriş, odam öldirişga suiqasd qiliş hamda mulkni qasddan nobud qilişga oid moddalari böyiça aybli deb topilib, unga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News