Bolgariya prezidentligiga ilk bor ayol kişi saylandi

Bolgariya prezidentligiga ilk bor ayol kişi saylandi
  • 1
  • 02.11.2026 11:07:00
  • 1 min read

Bolgariyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida Iliana Yotova ğalaba qozonib, mamlakat tarixidagi ilk ayol prezidentga aylandi. Saylov natijalariga köra, Yotova 58,2 foiz ovoz töplagan. Uning raqibi Andrey Gyurov esa saylovçilarning 38,6 foiz ovozini olgan.

Maʼlumot uçun, Iliana Yotova 1964-yil 24-oktabrda Sofiyada tuğilgan. U Sofiya universitetida bolgar filologiyasi yönalişida tahsil olgan, şuningdek, Fransiyada davlat boşqaruvi böyiça malaka oşirgan.

Siyosatga kirib kelişidan avval Yotova 1990–1997-yillarda Bolgariya milliy televideniyesida muxbir, muharrir va boşlovçi bölib işlagan. Keyinçalik Bolgariya Sotsialistik partiyasida faoliyat yuritgan.

2007–2017-yillarda Yevropa parlamenti deputati bölgan. 2017-yilda Rumen Radev bilan birga mamlakat vitse-prezidenti lavozimiga kirişgan va 2021-yilda ikkinçi muddatga qayta saylangan. 2026-yil yanvarida Radev isteʼfoga çiqqaç, konstitutsiyaga muvofiq prezidentlik vakolatlarini öz zimmasiga olgan.

Şuningdek, Iliana Yotova Ukrainaga harbiy yordam körsatilişiga qarşi pozitsiyasi va Moskva bilan muloqotni davom ettiriş tarafdori ekanligini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News