Prezident xorijdagi iş stajini pensiya tayinlaşda hisobga oliş kerakligini aytdi

Prezident xorijdagi iş stajini pensiya tayinlaşda hisobga oliş kerakligini aytdi
  • 1
  • 02.11.2026 16:57:00
  • 1 min read

Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda işlagan Özbekiston fuqarolarining mehnat stajini vatanga qaytgaç, pensiya tayinlaşda hisobga oliş kerakligini ta’kidladi.

Uning aytişiça, Özbekiston fuqarolari 40 dan ortiq davlatda qonuniy işlamoqda. Ular xorijda soliq va pensiya badallarini tölaydi, ammo vatanga qaytgaç, çet elda işlagan yillari pensiya stajiga qöşilmaydi.

Hozirda Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan xorijdagi mehnat stajini tan oliş böyiça bitimlar imzolangan. Endi Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boşqa davlatlar bilan ham şunday kelişuvlar tuziş rejalaştirilmoqda.

Yiğilişda xorijdan qaytgan fuqarolarni iş bilan ta’minlaş masalasi ham körib çiqildi. Ma’lum qilinişiça, yil boşidan buyon 1 million 116 ming kişi migratsiyadan qaytgan. Yil yakunigaça ularning 250 ming nafarini iş bilan ta’minlaş vazifasi qöyildi. Bundan taşqari, xorijdan qaytgan fuqarolarning kasbi va iş tajribasi haqidagi ma’lumotlar jamlanadigan yagona platforma yaratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News