
- 4
- 09.01.2025 13:00:00
- 1 min read
⚡️O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Unga ko‘ra, bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilinib, “yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar”ga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu maqomni olganlar davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lishi, barcha voyaga yetgan a’zolari bunday natijaga erishgan oilalardan 14 tasi esa har yili lotereya orqali elektromobil yutib olishi mumkin.
Ushbu amaliyot uchun elektron platforma 2025-yil 1-iyungacha ishga tushirilishi mumkin.
❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyoda yurganlarni mukofotlash tizimi 2021-yil mart oyida ham yo‘lga qo‘yilib, 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, shu orqali kuniga 10 ming qadamdan ortiq yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan to‘lash boshlangan edi. 2022-yil yanvarida esa bu jarayon to‘xtatib qo‘yilgandi.