- 3
- 31.01.2025 12:39:00
- 1 min read
Ostonadagi bolalar bog‘chasida ikki ayol o‘zaro janjallashib, yoqalashib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjallashgan ayollardan biri 25 haftalik homilador, ikkinchisi esa bolalar jarrohi bo‘lgan. Mojaro sabablari hozircha noma’lum, ammo voqea keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Homilador ayol janjal oqibatida jarohatlangan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: tengrinews.kz