
- 0
- 05.12.2025 09:08:00
- 1 daq o'qish
Fanlar akademiyasi 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobilini tasdiqladi (https://t.me/Fanlar_akademiyasi/26191). Endi emojidan tortib vertolyotgacha hamma narsani ona tilimizda aytish mumkin:
🔹 Anomal → Noodatiy
🔹 Blokcheyn → Zanjirblok
🔹 Bonus → Siylama
🔹 Breket → Tishsim
🔹 Brend → Xosnom
🔹 Vebinar → Vebmashg‘ulot
🔹 Dayjest → Qisqa xabarlar
🔹 Dedlayn → So‘ngmuddat
🔹 Dekoratsiya → Sahnabezak
🔹 Kopirayting → Tijoriy matn yozish
🔹 Kriptovalyuta → Kriptopul
🔹 Layfhak → Sarayechim
🔹 Mikser → Qorgich
🔹 Penaplast → Po‘kak
🔹Penablok → Po‘kak g‘isht
🔹Penya → Kechikma puli
🔹 Rakovina → Chanoq
🔹 Rasprodaja → Arzonsotuv
🔹Reels → Qisqa lavha
🔹 Suflyor → Shivirchi
🔹Transkript → Bahonoma
🔹 Frilanser → Erkin ishchi
🔹 Heshteg → Kalitso‘z
🔹 Hostel → Qo‘noqxona
🔹 Emoji → Imo
Yana bir taklif sifatida “Ekologiya” uchun o‘zbekcha muqobil – “Kulrangbulut” so‘zi ilgari surildi. Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan, mutaxassislar va foydalanuvchilar fikr bildirishlari mumkin.