
- 3
- 25.11.2026 16:04:00
- 1 daq o'qish
Ceoworld Magazine naşri tomonidan e’lon qilingan 2027 yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston 198 ta davlat orasida sayohat xavfsizligi eng yuqori deb baholangan mamlakatlar qatoriga kirdi.
Özbekiston 81,03 ball töplab, reytingda“eng yuqori xavfsizlik” (Very High) toifasidan joy oldi. Mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik bu natijaga ta’sir qilgan asosiy omillar sifatida qayd etilgan. Şuningdek, 2026 yilgi Global Peace Index natijalarida ham Özbekiston dunyoning tinç mamlakatlari qatorida e’tirof etilgan.
Reytingning birinçi uçtaligidan Singapur 89,72 ball bilan birinçi, Yaponiya 88,91 ball bilan ikkinçi, Islandiya esa 88,73 ball bilan uçinçi örinni olgan. Kuçli öntalikka, şuningdek, Sloveniya, Şveysariya, Çexiya, Finlyandiya, Avstriya, Portugaliya va Tayvan kirgan. Eng oxirgi örinni 12,98 ball bilan Gaiti egallagan.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti ham Özbekistonni amerikalik sayyohlar uçun xavfsiz yönaliş sifatida baholagan edi. Mamlakatga sayohat qiliş böyiça eng past xavf darajasini anglatuvçi birinçi toifa — odatiy ehtiyot çoralariga rioya qiliş tavsiyasi berilgan.