Kim Trampning xatlari va qönğiroqlariga javob bermayapti

Kim Trampning xatlari va qönğiroqlariga javob bermayapti
  • 2
  • 25.11.2026 15:12:00
  • 1 daq o'qish

AQŞ prezidenti Şimoliy Koreya yetakçisi bilan yana muzokara ötkazişga urinmoqda, biroq Pxenyan Vaşington takliflarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

The Wall Street Journal naşri yozişiça, Donald Tramp 2024-yilda Oq uyga qaytganidan beri Kim Çen In bilan aloqani tiklaşga bir neça bor uringan. 2025-yilda telefon orqali boğlaniş taklifi javobsiz qolgan. Şundan söng Tramp unga xat yuborgan, biroq Şimoliy Koreya diplomati maktubni oçilmagan holda AQŞ delegatsiyasi oldiga qaytarib taşlagan. Tramp yaqinda Xitoyga taşrifi çoğida ham Kim Çen In bilan uçraşişni istagan. Tomonlar ehtimoliy muzokaralar tafsilotlarini muhokama qilgan, ammo Pxenyan Vaşington qabul qila olmaydigan şartlarni ilgari surgan.

Naşrga köra, Kim Çen In AQŞning yadro dasturidan voz keçiş haqidagi talablariga böysunmoqçi emas. Aksinça, mamlakat yadroviy arsenalini kengaytirişda davom etmoqda. AQŞ baholaşlariga köra, Şimoliy Koreyada yadro kallaklari soni 2019-yildagi 20–30 tadan taxminan 60 taga yetgan.

Bundan taşqari, Pxenyan Rossiya va Xitoy bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. Moskva bilan harbiy hamkorlik, Pekinning yumşoqroq pozitsiyasi hamda sanksiyalarga qaramay iqtisodiy ösiş Şimoliy Koreyaning AQŞ bosimiga qarşi turiş imkoniyatlarini oşirmoqda.

Tahlilçilarga köra, Tramp Kim Çen In bilan muzokaralarni qayta boşlaş orqali taşqi siyosatda yangi yutuqqa erişmoqçi. Biroq hozirça Pxenyan Vaşington bilan muloqotga şoşilmayapti.

#casia #news #Tramp #KimÇenIn

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News