
- 4
- 25.11.2026 15:59:00
- 1 daq o'qish
Toşkentda koloniya boşliği örinbosari mahkumga alohida xona va telefon berib, qamoqxonaning özida onlayn narkodökon taşkil etişiga şaroit yaratgan. Mansabdor 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud hujjatlariga köra, mahkum D.D. xodimlar uçun ajratilgan, videokuzatuv kameralari bölmagan xonada yaşagan. U 2025 yil yanvaridan boşlab koloniyada erkin harakatlangan va navbatçi sifatida rasmiylaştirilgan. Aslida esa heç qanday foydali mehnat bilan şuğullanmagan.
Mahkum boşliq örinbosari etkazib bergan telefon orqali 2025 yil oktyabr–noyabr oylarida Telegram’da “Druid” nomli narkodökon oçgan. Giyohvandlik vositalari Toşkentdagi yaşirin joylarga etkazilib, guruhning boşqa a’zolari tomonidan qadoqlangan va tarqatilgan.
Sudda mansabdor aybini tan olmagan. Biroq sud töplangan dalillar asosida uni mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotiş bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topgan. Pora oliş ayblovi böyiça esa oqlangan. Unga 3 yil davomida IIV tizimida işlaş huquqidan mahrum etgan holda 11 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: Daryo.uz