Turkiyalik yigit nikoh va’dasi bilan o‘zbekistonlik ayolni 290 ming dollarga “tushirdi”

Turkiyalik yigit nikoh va’dasi bilan o‘zbekistonlik ayolni 290 ming dollarga “tushirdi”
  • 0
  • 24.02.2026 10:14:00
  • 1 daq o'qish

26 yoshli turkiyalik yigit 41 yoshli o‘zbekistonlik ayolni nikoh va’dasi bilan aldab, 290 ming dollarga chuv tushirdi. Ayol bu haqda Turkiyaning aTV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 
Ma’lum bo‘lishicha, ularning munosabati 2024-yilda internetdagi tanishuv saytlaridan birida boshlangan. Yozishmalar qisqa vaqt ichida sevgi izhorlari va turmush qurish haqidagi va’dalarga ulanadi. Erkak o‘zini 35 yoshda deb tanishtirgan va tanishuvning to‘qqizinchi kunidayoq pul so‘rashni boshlagan. U o‘zini jiddiy niyatda ekanini bildirib, uy xaridi rejalari haqida gapirgan hamda mebel va uy almashtirish bahonasida ayoldan pul olgan. Ayol dastlab 3 500 dollar, keyinchalik esa 30 ming dollar o‘tkazgan. Umumiy o‘tkazmalar miqdori taxminan 290 ming dollarga yetganidan so‘ng, erkak bilan aloqa uzilgan. O‘zbekistonlik ayol ikki yildan buyon pullarini qaytarib ololmayotganini bildirgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News