Tibetda zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Tibetda zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
  • 2
  • 23.10.2026 17:04:00
  • 1 daq o'qish

22-oktabr kuni Tibetda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi yaralandi.
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Nagchu okrugidagi Bachen uyezdida joylashgan. Tabiiy ofat oqibatida 339 ta uy va 20 ta molxona vayron bo‘lgan, elektr ta’minoti uzilgan.
Tosh qulashi yo‘llarni to‘sib qo‘ygani sabab qutqaruvchilarning jabrlangan hududlarga yetib borishi qiyinlashgan. Rasmiylar favqulodda vaziyat rejimini e’lon qilib, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan.
Zilziladan keyin magnitudasi 4,3–5,2 oralig‘ida bo‘lgan kamida yettita aftershok qayd etilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News