
- 1
- 23.10.2026 16:13:00
- 1 daq o'qish
Toshkentdagi sobiq shampan vinosi zavodi hududida olib borilgan qurilish vaqtida devor qulab, Botkin qabristonidagi bir nechta qabr toshlariga zarar yetdi.
Poytaxt hokimligi o‘rganishlarida qabrlar ochilmagani aniqlangan. Qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar aniqlanib, qurilish ishlari to‘xtatilgan.
Buyurtmachi va pudratchi tashkilotga shikastlangan qabr toshlarini tiklash hamda devor qulashining oqibatlarini bartaraf etish topshirilgan. Ishlar hafta oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Aybdorlar qonuniy javobgarlikka tortiladi.