
- 1
- 23.10.2026 10:44:00
- 1 daq o'qish
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov endi maktab direktorlarini yig‘ilishlarga chaqirmaslik kerakligini bildirdi. Bu haqda Samarqandda o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Shuningdek, vazir xususiy bog‘cha va maktablarni litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdi. Uning fikricha, tegishli idoralar xavfsizlik va boshqa talablar bo‘yicha ruxsat berganidan keyin vazirlikning alohida litsenziya berishi zarurati qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Yig‘ilishda mas’ullarning vazifalarini bajarmagani tanqid qilindi. Ta’lim muassasalarining murojaatlarini qabul qilish uchun alohida elektron platforma ishga tushirilishi ham ma’lum qilindi.
#casia #news #vazir