Hayvonlarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi

Hayvonlarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi
  • 0
  • 23.10.2026 10:08:00
  • 1 daq o'qish

Fransiyada hayvonlarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor odamda qayd etildi. Virus aniqlangan, immuniteti keskin zaiflashgan bemor oktabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Bu haqda Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, bemorda o‘limidan oldin miya bilan bog‘liq asoratlar kuzatilgan. Bu asoratlarning virus bilan aloqadorligi tekshirilmoqda. Bemor virusni qon so‘ruvchi mayda hasharot chaqishi orqali yuqtirgan bo‘lishi mumkin, ammo bu hozircha tasdiqlanmagan.
Shamonda virusi asosan qoramollarga yuqadi. Hayvonlarda isitma, holsizlik va ich ketishiga, sigirlarda esa sut mahsuldorligi pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar hozircha ushbu holat aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi haqida dalillar yo‘qligini bildirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi vaziyatni o‘rganmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News