Qashqadaryoda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri quriladi

Qashqadaryoda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri quriladi
  • 0
  • 22.10.2026 14:56:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri barpo etishga topshiriq berdi.
Davlat raxbarining so‘zlariga ko‘ra, Yangi Qarshi shahri - Qarshi shahri, Ko‘kdala va Qarshi tumani chegarasida quriladi. Loyiha doirasida ko‘p qavatli uylar, savdo va biznes markazlari barpo etilib, hududni “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida rivojlantirish rejalashtirilgan. Bosh rejani ishlab chiqarish uchun dastlab 20 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, Yig‘ilishda viloyatning turizm salohiyatini oshirish masalasi ham muhokama qilindi. Yil boshidan buyon Qashqadaryoga 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan. Viloyatga yiliga 6 million turist jalb qilish maqsad qilingan. G‘elon, Tarag‘ay, Bashir, Tatar, Sayyod va Suvtushar qishloqlarida turizmni rivojlantirish uchun bir oy muddatda reja ishlab chiqiladi. Ushbu hududlarda 1-martdan boshlab umumiy qiymati 50 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News