AQSHda erkak futbol ko‘rish uchun xotinini stulga skotch bilan bog‘lab, yerto‘laga qamab qo‘ydi

AQSHda erkak futbol ko‘rish uchun xotinini stulga skotch bilan bog‘lab, yerto‘laga qamab qo‘ydi
  • 0
  • 23.10.2026 18:19:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Virjiniya shtati Richmond shahrida 64 yoshli erkak futbolni tinchgina tomosha qilish uchun xotinini stulga skotch bilan bog‘lab, yerto‘lada 30–45 daqiqa ushlab turganlikda ayblanmoqda.
Politsiya 11-oktabr kuni uyidagi oilaviy mojaro haqidagi chaqiriqdan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan. Ayolning qo‘llarida skotch izlari aniqlangan. Erkak xotinini bog‘lab, yerto‘laga joylashtirganini tan olgan. Keyin esa u hibsga olingan va unga odam o‘g‘irlash, shuningdek, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News