Tramp 10 foizlik global boj tarifini joriy etdi

Tramp 10 foizlik global boj tarifini joriy etdi
  • 0
  • 21.02.2026 11:38:00
  • 1 daq o'qish

AQSH prezidenti Donald Tramp 150 kun muddatga amal qiladigan 10 foizlik global boj tariflari joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda u Truth Socialdagi sahifasida yozdi. Prezidentning bildirishicha, yangi choralar 1974-yilda qabul qilingan Savdo to‘g‘risidagi qonunga asoslanadi. Ushbu qonun prezidentga to‘lov balansi bilan bog‘liq yirik iqtisodiy muammolar yuzaga kelganida 150 kungacha bo‘lgan muddatda boj tariflarini joriy etish huquqini beradi. Trampga ko‘ra, 10 foizlik tariflar hozirda amal qilayotgan boj stavkalariga qo‘shimcha ravishda qo‘llanadi. Bayonot AQSH Oliy sudi global tariflarning katta qismini bekor qilish haqidagi qaroridan so‘ng yangradi. Tramp sud qarorini tanqid qilib, boj siyosatini davom ettirish niyatida ekanini bildirdi. Hozircha yangi tariflarning qaysi davlatlar va mahsulot toifalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha rasmiy tafsilotlar ochiqlanmadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News