
- 0
- 05.11.2026 12:51:00
- 1 daq o'qish
Toşkentda ijaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya taşkil etib, gaşiş moyi qöşilgan qandolat mahsulotlari tayyorlagan şaxs qölga olindi. Laboratoriyadan jami 6 kg giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2002-yilda tuğilgan yigit internetdagi narkodökonda “zakladçik” bölib işlagan. U Yaşnobod tumanida töxtatib tekşirilganda, yonidan sotiş uçun tayyorlangan 74 gramm gaşiş moyi topilgan.
Suriştiruv davomida u giyohvand moddalarni boşqa bir şaxsdan olib turgani aniqlangan. Çilonzor tumanining Dömbirobod mahallasidagi ijara xonadonida ötkazilgan tezkor tadbirda esa narkolaboratoriya foş etilgan.
U yerdan 3,5 kg gaşiş moyi, 600 gramm gaşiş, tarqatişga tayyorlangan giyohvand moddalar, şuningdek, 1,5 kg gaşiş moyi qöşilgan peçenye va marmeladlar olib qöyilgan. Narkotik tayyorlaş va qadoqlaş uçun işlatiladigan jihozlar ham aşyoviy dalil sifatida olingan.
IIV ma’lumotiga köra, jami 6 kg giyohvandlik vositasi, ya’ni 19 250 dozaga teng modda musodara qilingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
#casia #news #uzbekistan