
- 0
- 05.11.2026 11:36:00
- 1 daq o'qish
Şveysariya rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Bu haqda mamlakatning Iqtisodiy masalalar böyiça davlat kotibiyati (SECO) maʼlum qildi.
Şuningdek, Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev va Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan çeklovlar ham bekor qilingan. Davlat dumasi sobiq deputati Yuriy Şvitkin va konstruktor Aleksandr Leonov esa vafot etgani sababli röyxatdan çiqarilgan.
Şu bilan birga, Şveysariya Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatini 254 ta yangi pozitsiyaga kengaytirdi. Ular orasida 33 ta Rossiya banki, 17 ta moliya muassasasi va kriptoxizmat provayderlari, şuningdek, aeroportlar va portlar bor.
SECO maʼlumotiga köra, Şveysariya hukumati ayrim taşqi siyosiy va huquqiy omillar sababli Rossiyaning ikki fuqarosi hamda uçinçi davlatlardagi 14 ta kompaniyaga nisbatan yangi çeklovlar joriy etmaslikka qaror qilgan.