
- 0
- 05.11.2026 10:54:00
- 1 daq o'qish
Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, suv taʼminoti hamda narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, Qarşi şahridagi “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi. Loyiha 1,4 ming gektar tomorqa yerlarini suv bilan barqaror taʼminlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, kanal böyida joylaşgan törtta mahallaning 25 ming nafar aholisi uçun tun-u kun faoliyat yuritadigan dam oliş va sayr maskanlari barpo etiladi.
Taşrif davomida viloyat narkologiya muassasasidagi şaroit va bemorlarga körsatilayotgan tibbiy yordam holati ham örganildi. Saida Mirziyoyeva bu yerda kasalliklarning oldini oliş, davolaş va reabilitatsiyani qamrab olgan, turli soha mutaxassislari hamkorlikda işlaydigan tizim yaratiş maqsad qilinganini taʼkidladi.
Jumladan, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda narkologiya sohasini tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqilişi maʼlum qilindi. Unda bemorlarga munosib şaroit yaratiş, malakali tibbiy yordam körsatiş va ularning soğlom hayotga qaytişiga kömaklaşiş asosiy maqsadlardan biri.