
- 0
- 04.11.2026 14:14:00
- 1 daq o'qish
Demokratlar partiyasidan nomzod Abdul al-Sayid Miçigan ştatida ötkazilgan Senat saylovida respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. Şu tariqa u AQŞ tarixida Senatga saylangan ilk musulmon böldi.
42 yoşli Abdul al-Sayid misrlik muhojirlar oilasida tuğilgan. U avval Miçigan ştatida soğliqni saqlaş sohasi böyiça davlat xizmatçisi bölib işlagan. Saylovoldi dasturida barça uçun tibbiy suğurta, yaşaş xarajatlarini kamaytiriş va yirik kompaniyalarning siyosatga ta’sirini çeklaş masalalarini ilgari surgan.
Saylov kampaniyasida u AQŞ prezidenti Donald Tramp va respublikaçilar tomonidan keskin tanqid qilindi. Tramp uni “jihodçi” deb atab, “Musulmon birodarlar” taşkiloti bilan boğlaşga urindi. Biroq uning mazkur taşkilotga aloqadorligini tasdiqlovçi dalillar yöq. Sobiq prezident Barak Obama esa Abdul al-Sayidni oçiq qöllab-quvvatlab, saylovçilarga unga ovoz berişga çaqirgan.
Abdul al-Sayid AQŞning Isroilga harbiy yordamini töxtatiş tarafdori. U soliq tölovçilarning pullari xorijdagi uruşlarni moliyalaştirişga emas, mamlakatdagi maktablar, soğliqni saqlaş va infratuzilmaga sarflanişi kerakligini ta’kidlagan.
U Miçigan ştatidan iste’foga çiqayotgan demokrat senator Gari Pitersning örnini egallaydi. Yangi senator 2027-yil yanvarida rasman iş boşlaydi.