Kanadada ayol ayiq hujumi oqibatida vafot etdi

Kanadada ayol ayiq hujumi oqibatida vafot etdi
  • 2
  • 04.11.2026 11:57:00
  • 1 daq o'qish

Kanadada grizli ayiqning hujumi oqibatida bir ayol halok böldi. Uning 19 yoşli qizi esa bedarak yöqolgan. Qayd etilişiça, ayol va uning qizi hafta oxirida bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan. Keyinçalik ularning avtomobili Bella Kula şahri yaqinidagi sayyohlik yöli boşlaniş nuqtasidan topilgan.

Joriy yilning 1-noyabr kuni olib borilgan qidiruv işlari davomida hududdan ayolning jasadi topilgan. Uning qizini qidiriş işlari hozirgaça davom etmoqda. Hodisa Bella Kula şahridan taxminan 8 kilometr şarqda joylaşgan Snuka-Uest sayyohlik yöli hududida sodir bölgan.

Mahalliy Nuxalk xalqi yetakçisi Samuel Şunerning maʼlum qilişiça, ehtimoliy hujumga aloqador ayiqni topiş uçun hududga tuzoqlar örnatilmoqda.

Maʼlumot uçun, ötgan yilning noyabr oyida ham mazkur hududda grizli ayiq maktab öquvçilari va öqituvçilariga hujum qilgan. Hujum oqibatida 11 kişi jarohatlangan, biroq ayiqni topişning imkoni bölmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News