Kannavaro Özbekiston terma jamoasidan ketadimi?

Kannavaro Özbekiston terma jamoasidan ketadimi?
  • 2
  • 04.11.2026 10:49:00
  • 1 daq o'qish

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaroning isteʼfoga çiqişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Avvalroq, taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano italiyalik mutaxassisning jamoani tark etişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Miş-mişlarga Osiyo kubogining qariyb bir yilga qoldirilişi sabab bölgan.

ÖFA uşbu maʼlumotlar haqiqatga töğri kelmasligini bildirib, jurnalistlar va muxlislarni tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikka hamda rasmiy manbalarga tayanişga çaqirdi.

Maʼlumot uçun, 2027-yilda Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan Osiyo kubogi 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvarga köçirildi.
Fabio Kannavaro 2025-yil oktabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan. U bilan 2+3 şaklidagi şartnoma imzolangan bölib, dastlabki muddat ikki yilni taşkil etadi. Şartnomani Osiyo kubogidagi natijalarga qarab yana uç yilga uzaytiriş mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News