Buxoroda 30 mlrd dollarlik yangi loyihalar amalga oşiriladi

Buxoroda 30 mlrd dollarlik yangi loyihalar amalga oşiriladi
  • 0
  • 04.11.2026 13:47:00
  • 2 daq o'qish

Joriy yilning 4-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Davlat rahbari viloyat iqtisodiyoti va aholi turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan 30 mlrd dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganini taʼkidladi.
Yiğilişda içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş masalasi körib çiqildi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki iştirokida 385 mln dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda, uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 mln dollar jalb etiladi. Natijada 1,7 mln aholining suv taʼminoti yaxşilanadi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrov 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.
Transport sohasida A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş joriy yilda yakunlanadi. Kelasi yili M-37 yölining viloyatdan ötuvçi 69 kilometrlik qismi yangilanib, Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrlik aylanma yöl quriladi. Şuningdek, Samarqand–Buxoro yönalişida yangi pulli avtomobil yöli va tezyurar poyezd uçun temir yöl liniyasi qurilişi rejalaştirilgan. Yangi avtomobil yöli safar vaqtini 5 soatdan 1,5 soatgaça qisqartirişi kutilmoqda.
Buxoroda 300 mln dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatadi. Aeroport şahar markazi bilan 24 kilometrlik yöl orqali boğlanadi.
Turizm sohasida xorijiy sayyohlar sonini 7 mln nafarga yetkaziş vazifasi qöyildi. Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze tarixiy majmualari yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlanadi. Buxoro tumanida 1 ming gektar maydonda 500 mln dollarlik turizm klasteri taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Sanoat sohasida viloyatda uç yil davomida 28 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Şundan 17 mlrd dollari neft-gaz va kimyo sanoatiga töğri keladi. Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Energetikada kelgusi uç yilda 3,1 ming megavatt quvvatli şamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlaş tizimlari quriladi. Şuningdek, 745 kilometr elektr tarmoği barpo etiladi. Töqimaçilik sanoatida esa kelasi yili kamida 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşiriş va eksportni ikki baravar oşiriş közda tutilgan.
Ijtimoiy sohada xususiy boğça va maktablarni köpaytiriş, maktab bitiruvçilarining 50 foizini texnikumlarda öqitiş hamda oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim qamrovini ikki baravar oşiriş vazifalari belgilandi. Tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş va birlamçi tibbiy yordamni rivojlantiriş böyiça ham topşiriqlar berildi. Yiğiliş yakunida Prezident Olot tumani hokimi Nargiza Nematovani hududni rivojlantiriş va yangi iş örinlari yaratişdagi xizmatlari uçun «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini eʼlon qildi.
Şu bilan davlat rahbarining Buxoro viloyatiga taşrifi yakunlanib, Toşkentga qaytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News