Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng, vafot etdi

Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng, vafot etdi
  • 23
  • 04.11.2026 11:34:00
  • 1 daq o'qish

Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklanib, tiriklayin kömib yuborilgan 32 yoşli erkak şifoxonada 28 kun komada yotganidan söng, vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, Şerbek ismli erkak tanişi bilan oşxonadan çiqib, uyiga ketayotganida oq rangli Spark avtomobili ularning yölini tösgan. Maşinadan tuşgan şaxslar uning boşiga armatura bilan zarba berib, tanişini ham kaltaklagan.

Şundan söng, oğir tan jarohatlari olgan Şerbek avtomobilga majburan ötqazilib, aholi yaşamaydigan hududga olib ketilgan. U mahalla markazidan taxminan uç kilometr uzoqlikda, kömib ketilgan joydan oğir ahvolda topilgan.

Jabrlanuvçining akasi ukasining boşiga armatura va beton bölaklari bilan urilganini, sim bilan böğişga urinişganini aytgan. Şifoxonada uning öpkasidan uç litrdan ortiq qon olingan. Jabrlanuvçi vafot etganidan söng, iş 104-moddaning 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan esa tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, hujumga sabab bölgan mojaro tafsilotlari hozirça oçiqlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News