Saida Mirziyoyeva 42 yoşni qarşi oldi

Saida Mirziyoyeva 42 yoşni qarşi oldi
  • 1
  • 04.11.2026 11:54:00
  • 2 daq o'qish

Bugun, 4-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 42 yoşga töldi. U 1984-yil 4-noyabr kuni Farğona viloyatining Qöqon şahrida tuğilgan.

Saida Mirziyoyeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro huquq yönalişida tahsil olgan. Şuningdek, Toşkent davlat yuridik universiteti hamda Moskva davlat universitetida magistratura bosqiçini tamomlagan. 2021-yilda iqtisodiyot fanlari böyiça ilmiy daraja olgan.

U mehnat faoliyatini 2019-yilda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining örinbosari sifatida boşlagan. 2020–2022-yillarda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisining örinbosari, 2022-yildan Prezident Administratsiyasida axborot siyosati yönalişida faoliyat yuritgan. 2023-yil avgustida Prezident yordamçisi etib tayinlangan.

2025-yil 24-iyunda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi qayta taşkil etilib, Saida Mirziyoyeva uşbu lavozimga tayinlandi.

2026-yil 14-avgustda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun bilan Administratsiyaning huquqiy maqomi va rahbarining vakolatlari belgilandi. Unga köra, Administratsiya rahbari Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari ham hisoblanadi.

Bundan taşqari, 2026-yil 10-sentabrda Saida Mirziyoyeva asosiy lavozimini saqlab qolgan holda Toşkent xalqaro moliya markazi boşqaruvçisi etib ham tayinlandi. Uşbu lavozim doirasida u markaz faoliyatini yölga qöyiş, davlat idoralari va xalqaro investorlar bilan hamkorlikni muvofiqlaştiriş kabi vazifalarni bajaradi.

Uning jamoatçilik faoliyatida ijtimoiy taşabbuslar ham muhim örin tutadi. Jumladan, közi ojiz va zaif köruvçi bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Köngil közi” loyihasi doirasida Brayl yozuvidagi kitoblar naşr etilgan. Şuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, oilaviy zöravonlikka qarşi kuraşiş, ayollar salomatligini muhofaza qiliş hamda onkologik kasalliklarni erta aniqlaş masalalariga e’tibor qaratib keladi.

#casia #News #SaidaMirziyoyeva

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News