- 0
- 05.11.2026 10:45:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 4-noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston Majlisi milliy raisi Rustam Emomalini ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi xizmatlari uçun “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotladi.
Şu kuni davlat rahbari Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Rustam Emomalini qabul qildi. Uçraşuv avvalida Tojikiston parlamenti yuqori palatasi raisi prezident Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot davomida ikki davlat örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar özaro savdo va yuk taşiş hajmlari ortib borayotganini, sanoat, quriliş, energetika, qişloq xöjaligi va elektrotexnika sohalarida qöşma loyihalar amalga oşirilayotganini qayd etdi.
Şuningdek, madaniyat, taʼlim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş, parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.