AQŞda demokratlar ğalabasidan söng Ilon Mask kompaniyalari aksiyalari arzonlaşdi

AQŞda demokratlar ğalabasidan söng Ilon Mask kompaniyalari aksiyalari arzonlaşdi
  • 0
  • 05.11.2026 12:17:00
  • 1 daq o'qish

AQŞ Kongressiga oraliq saylovlarda demokratlar ğalaba qozonganidan söng, Ilon Maskga tegişli Tesla va SpaceX kompaniyalari aksiyalari narxi tuşib ketdi.

Qayd etilişiça, birjadan taşqari savdolarda Tesla aksiyalari 3,5 foizga, SpaceX aksiyalari esa 3,6 foizga arzonlaşgan. Saylov kampaniyasi davomida Mask Respublikaçilar partiyasining eng yirik moliyaviy homiysiga aylangan edi. U respublikaçilarni qöllab-quvvatlaş uçun kamida 446 million dollar sarflagan.

XTB savdo platformasi tadqiqotlar direktori Ketlin Bruksning taʼkidlaşiça, demokratlarning ğalabasi Maskning Tesla va SpaceX kompaniyalarini birlaştiriş rejasini amalga oşirişni qiyinlaştirişi mumkin. Uning fikriça, Kongress qöşimça tekşiruvlar orqali bu jarayonni sekinlaştirişi ehtimoli bor.

Investorlarni xavotirga solayotgan yana bir omil — Mask biznesining asosiy qismini Texas ştatida joylaştirgani va uşbu hududdagi respublikaçilarni faol qöllab-quvvatlaganidir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News