Prezident ayrim mas’ullar xalqning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotganini aytdi

Prezident ayrim mas’ullar xalqning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotganini aytdi
  • 2
  • 13.03.2026 15:50:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklarni tanqid qildi. Xususan, Sergeli tumanida buzilgan ko‘prik bo‘yicha murojaat ikki oy davomida e’tiborsiz qoldirilgani, faqat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach muammo hal etilgani misol sifatida keltirilib, 
murojaatlarga yuzaki javob berilishi odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazyotgani aytildi.

Yig‘ilishda o‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar etib tayinlangani aytildi. Natijada Qoraqalpog‘iston, Andijon viloyati, Qashqadaryo viloyati, Xorazm viloyati va Sirdaryo viloyatida murojaatlar 25–30 foizga kamayib, ularning 60–70 foizi ijobiy hal etilgani ta’kidlandi. Biroq ayrim hududlarda muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida 170 ming, Toshkent viloyatida esa 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi hal etilmagan. Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyati va Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygani ham qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro byurosi, Energetika vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga taalluqli ekani bildirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News