
- 0
- 21.03.2026 11:02:00
- 1 daq o'qish
World Happiness Report 2026 reytingiga ko‘ra, Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi bor dunyoning eng baxtli davlati deb topildi. Skandinaviya davlatlari yuqori ijtimoiy ishonch, tengsizlikning pastligi, sifatli sog‘liqni saqlash va ta’lim, shuningdek ish va hayot muvozanati bilan yetakchilik qilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari reytingida:
🔹 Qozog‘iston — 33-o‘rin
🔹 O‘zbekiston — 53-o‘rin
🔹 Qirg‘iziston — 66-o‘rin
🔹 Tojikiston — 88-o‘rin
AQSH 23-o‘ringa ko‘tarildi, Rossiya 79-o‘rinda, Ukraina 111-o‘rinda, Afg‘oniston esa 147-o‘rin bilan eng baxtsiz davlat deb topildi. Tadqiqot 29 mamlakatda 23 ming respondent ishtirokida o‘tkazildi.