
- 0
- 18.03.2026 10:08:00
- 1 daq o'qish
17-mart kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, markazda yaratilgan sharoitlar va ekspozitsiyalar bilan tanishdi hamda iftorlik tadbirida qatnashdi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan markaz O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy va diniy merosini namoyish etishga qaratilgan. Bu yerda minglab eksponatlar, jumladan, nodir qo‘lyozmalar va Usmon Mus’hafi saqlanadi.
Marosimda mahalliy va xorijiy mehmonlar, olimlar hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.