
- 4
- 12.11.2025 09:10:00
- 1 daq o'qish
Islomoboddagi portlash uchun javobgarlikni “Jamoat-ul-Ahror” nomli qurolli guruh o‘z zimmasiga oldi. Bu guruh “Tahriki Tolibon Pokiston”ning ajralib chiqqan qanotlaridan biri bo‘lib, TTP rasmiylari ushbu hujum bilan aloqasi yo‘qligini bildirgan.
11-noyabr kuni Sud binosi yaqinida sodir bo‘lgan portlash natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohat oldi. Portlash kuchli bo‘lgani sababli bir nechta avtomobillar yonib ketgan va xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Pokiston mudofaa vaziri hodisani mamlakat uchun jiddiy ogohlantirish deb atab, Afg‘onistondagi hukmron kuchlardan kelayotgan xavf ortib borayotganini ta’kidladi va armiyaning munosib javob bera olishini bildirdi.
“Jamoat-ul-Ahror” BMT tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Guruh Afg‘onistonning Nangarhor provinsiyasida joylashgan va “Tahriki Tolibon Pokiston” (TTP)ning Mohmand filialidan ajralib chiqqan.