Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida keskinlik: Kobul va Qandahorga aviazarbalar berildi

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida keskinlik: Kobul va Qandahorga aviazarbalar berildi
  • 0
  • 27.02.2026 15:12:00
  • 1 daq o'qish

27-fevralga o‘tar kechasi Pokiston harbiylari Kobul va Qandahor shaharlariga aviazarbalar berdi. Bu haqda BBC hukumat vakiliga tayanib xabar qildi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakat har qanday tajovuzga javob qaytarishga qodir ekanini bildirdi. Mudofaa vaziri Xavaja Asif esa “Tolibon” hukumatiga qarshi ochiq urush ketayotganini ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, zarbalar oqibatida o‘nlab harbiy obyektlar yo‘q qilingan va yuzdan ortiq jangari halok bo‘lgan. Afg‘oniston tomoni ham Pokistonga qarshi amaliyotlar boshlanganini, har ikki taraf yo‘qotishlarga uchraganini da’vo qilmoqda.

Keskinlashuv 26-fevral kuni “Tolibon” kuchlarining Islomobodga qarshi hujumidan so‘ng yuz berdi. Tomonlar bir-birini chegaradan turib harakat qilayotgan jangarilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News