
- 0
- 28.02.2026 08:23:00
- 1 daq o'qish
Olmaliq shahrida “Yoshlar kuni” tadbirida maktab oʻquvchisi shahar hokimi Qobil Hamdamov bilan uchrashib, muammolari va takliflari haqida gapirdi. U hokimdan bir daqiqaga hokimlik qilish imkoniyatini so‘rab:
"Men Olmaliqdagi iqtidorli yoshlardanman. Hozir 300 ta orzu haqida gap ketdi, ana shu orzulardan bittasini amalga oshirsak bo‘ladimi? Bir daqiqaga sizning oʻrningizda boʻlsam maylimi?"
Hokim bu taklifni qabul qilib, oʻquvchiga bir daqiqaga rahbarlik qilish imkoniyatini berdi. Ammo atigi bir necha savol va murojaatlardan so‘ng, u rahbarlik mas’uliyati naqadar og‘ir ekanini his qildi.