
- 1
- 05.03.2026 02:47:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida avtobus bekatlarida joylashgan do‘konlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari poytaxtdagi eng tirband 472 km avtomobil yo‘lini o‘rganib chiqdi. Audit natijasida bekatlar hududida xalq tilida “tijorat do‘konlari” deb ataladigan 110 ta savdo obyekti joylashgani aniqlangan. Ularning 61 tasi bekat hududiga egalik yoki foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Ushbu obyektlarga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.
Shahar ma’muriyati qaroriga ko‘ra, barcha bekatlar yangilanadi. Ruxsat hujjatlariga ega tadbirkorlarga esa savdo nuqtalarini boshqa joyga ko‘chirish orqali kompensatsiya berilishi ko‘zda tutilgan.