Sherzodxon Qudratxo‘ja lavozimdan ketdi, uning o‘rnini Odiljon Tojiyev egalladi

Sherzodxon Qudratxo‘ja lavozimdan ketdi, uning o‘rnini Odiljon Tojiyev egalladi
  • 0
  • 05.03.2026 15:54:00
  • 1 daq o'qish

Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning o‘rniga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Odiljon Tojiyev Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi etib saylandi.

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi 2003-yilda tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, mamlakatdagi ommaviy axborot vositalarini birlashtiradi. Tashkilot media sohasini rivojlantirish, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va kasbiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News