
- 0
- 20.03.2026 12:35:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi.
Joriy yilda ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ilk bor 1 trillion so‘m ajratilgani ta’kidlandi. Xususan, 450 milliard so‘m 600 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam sifatida yetkazilgan, minglab bemorlarga esa tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, “Ramazon tuhfasi” doirasida keng ko‘lamli xayriya va iftorlik tadbirlari tashkil etilgani qayd etildi.
Prezident yakunda barcha yurtdoshlarning ro‘zalari va ezgu amallari qabul bo‘lishini tiladi.