
- 0
- 21.03.2026 11:04:00
- 1 daq o'qish
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanada Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqni bayram bilan tabrikladi. U Navro‘zni yangilanish va poklanish ramzi sifatida ta’riflab, bu yil uning Ramazon hayiti bilan bir vaqtda nishonlanayotganini alohida qayd etdi.
Prezident nutqida mamlakatda bunyodkorlik ishlari, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni kamaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi islohotlarga to‘xtaldi. Dehqon va fermerlar mehnati, shuningdek yoshlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
So‘z yakunida davlat rahbari barchaga tinchlik, farovonlik va baraka tiladi.