
- 1
- 18.02.2026 10:19:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni rafiqasi hamrohligida AQSHga keldi. Prezidentni “Endryus” aviabazasida AQSH–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Jeyms Xenkins kutib oldi. Vashingtondagi qarorgohda esa AQSH prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida davlat rahbari Tinchlik kengashining birinchi sammiti hamda qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.
Tinchlik kengashi Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, uning nizomi Davosda qabul qilingan. Sammit AQSH Tinchlik institutida o‘tkazilib, G‘azo sektorini tiklash, gumanitar yordam va mintaqadagi barqarorlik masalalariga bag‘ishlanadi.